# Soliq kodeksi — 370-modda. Jami daromadning tarkibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/370 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar jami daromadga kiradi: 1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar; 2) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar; 3) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar; 4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)