# Soliq kodeksi — 372-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/372 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yillik ish yakunlari boʻyicha pul mukofoti; 2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar; 3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; 4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida koʻrsatilmagan moddiy yordam; 5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar; 6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov; 7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)