# Soliq kodeksi — 381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/381 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)