SK · 410-modda

410-modda. Soliq toʻlovchilar

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;

2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.

Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi.

Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi, bundan ushbu Kodeksning 480-6-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.