# Soliq kodeksi — 415-modda. Soliq stavkalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/415 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi. Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi. Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,7 foiz miqdorida belgilanadi: 1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar; 2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)