# Soliq kodeksi — 418-modda. Soliq toʻlovchilar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/418 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)