# Soliq kodeksi — 425-modda. Soliq toʻlovchilar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/425 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)