# Soliq kodeksi — 428-modda. Soliq imtiyozlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/428 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy taʼminot obyektlari egallagan yerlar; sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar; shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; aholi punktlarining suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar); magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar; ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar; suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi; qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida; melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga; ilmiy tashkilotlarning, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlgan yerlar va oʻrmon fondining yerlari. Ushbu xatboshiga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi. qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas qismi boʻlgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari; qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati quyidagicha boʻlgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band boʻlgan yer uchastkalari: 100 kVtgacha — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini toʻplash tizimi mavjud boʻlgan quyosh panellari oʻrnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran oʻn yil muddatga; 100 kVt va undan koʻproq — ular foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran oʻn yil muddatga. Yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar) uchun besh yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlanadi. Bunda vakolatli organ tomonidan bogʻlar va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va hosildorligi past deb topish toʻgʻrisidagi xulosa berilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida yangi bogʻlar va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda belgilanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan soliq imtiyozi muddatini hisoblash kuzda yangi oʻtqazilgan koʻchatlar uchun keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran, bahorda yangi oʻtqazilgan koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi. Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari bevosita moʻljallanilgan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)