# Soliq kodeksi — 445-modda. Soliq stavkalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/445 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan: suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi; suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari: soliq stavkasiga nisbatan 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno); yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, lazerli tekislash lozim boʻlgan sugʻoriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkalariga nisbatan 1,2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllashga haqli. Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism boʻyicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Yer osti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)