SK · 454-7-modda

454-7-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi

Soliq toʻlovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454-4-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.

Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

renta zarari mavjud boʻlgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;

soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.

Soliqni toʻlash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.