# Soliq kodeksi — 455-modda. Yigʻimlarning turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/455 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yigʻimlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim; 1-1) yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻim; 2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar, jumladan: alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim; umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻim; 3) pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim; 4) tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)