# Soliq kodeksi — 457-modda. Soliq solish obyekti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/457 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar yigʻimlarning soliq solish obyektidir: chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti; yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq solish obyekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi: 1) karyerlar hududida ishlaydigan ogʻir yuk koʻtaradigan avtosamosvallar; 2) avtokranlar; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)