SK · 477-modda

477-modda. Advokatlarga soliq solish

Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:

bojxona toʻlovlari;

ijtimoiy soliq;

toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar va yigʻimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.