# Soliq kodeksi — 479-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq solish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/479 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni toʻlovchilar hisoblanadi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʻlash tarzida olinadigan daromadlar boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlaydi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash majburiyati yuklatiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)