# Soliq kodeksi — 480-1-modda. Umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/480-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 480-2-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin. Soliq solishning alohida tartibiga ega Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 koʻchasi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)