# Soliq kodeksi — 69-modda. Soliqlarning elementlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/69 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish obyekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni toʻlash tartibi. Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)