# Soliq kodeksi — 79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/79 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati tugagunga qadar saqlanadi. Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi. Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonunchilikda belgilangan tartibda topshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)