# Soliq kodeksi — 9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorligi prinsipi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SK/9 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Soliqlarni va yigʻimlarni belgilovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yigʻimlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni toʻlash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak. Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq toʻlovchilar bilan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni toʻgʻri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz toʻsiqlar yaratishga haqli emas, soliq toʻlovchilar esa soliq organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SK)