SYK · 102-1-modda

102-1-modda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining transportdan foydalanish huquqi

Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.

Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.