SYK · 15-modda

15-modda. Markaziy saylov komissiyasining Raisi

Markaziy saylov komissiyasining Raisi:

Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;

Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlarining, siyosiy partiyalarning hamda boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarini taklif etadi;

davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;

Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;

Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;

tegishincha Qonunchilik palatasining va Senatning birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻz vakolatlarini bajarishi imkoni boʻlmaganda, shuningdek Rais boʻlmagan taqdirda, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosarining yoki Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.