# Saylov kodeksi — 21-modda. Okrug saylov komissiyalarini tuzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Okrug saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning olti — sakkiz nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi. Okrug saylov komissiyasining aʼzolari jamoatchilikning obroʻ-eʼtiborli vakillari orasidan tasdiqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)