# Saylov kodeksi — 24-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uchastka saylov komissiyasi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni tashkil etadi; uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini aniqlaydi va tasdiqlaydi; saylovchilarni saylovchilarning roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi va roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi; saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi; aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi; binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi; saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi; ovozlarni sanab chiqadi; saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)