SYK · 35-modda

35-modda. Ommaviy axborot vositalarining vakillari

Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir boʻlish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtkazadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.