# Saylov kodeksi — 36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/36 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 74-1-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)