# Saylov kodeksi — 42-1-modda. Deputatlikka nomzodni partiya roʻyxatidan chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/42-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Partiya roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu roʻyxatdan quyidagi asoslarga koʻra chiqarilishi mumkin: 1) nomzodning oʻz xohishiga koʻra bergan arizasiga asosan; 2) nomzod ixtiyoriy ravishda siyosiy partiya aʼzoligidan chiqqan taqdirda; 3) ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda nomzodlik maqomidan mahrum etilganda; 4) ushbu Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda; 5) nomzodning boshqa partiya roʻyxatida ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda; 6) nomzod boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi ekanligi aniqlanganda; 7) nomzod vafot etganda; 8) nomzodning bir mandatli saylov okrugidan ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)