SYK · 50-modda

50-modda. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar

Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);

saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;

yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;

saylov qutilari;

zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;

kuzatuvchilar uchun alohida joylar;

saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar;

saylov uchastkasining xaritasi;

uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;

saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;

bir mandatli saylov okruglari boʻyicha roʻyxatga olingan barcha nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan chop etilgan tarjimai holi va dasturlarining asosiy yoʻnalishlari;

saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan dasturi, partiya roʻyxati;

zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);

yongʻinga qarshi vositalar.

Ovoz berish xonalari yorugʻ va keng boʻlishi, alohida kirish va chiqish joyi boʻlishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yoʻlkalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.