# Saylov kodeksi — 53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/53 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda ochiladi. Uchastka saylov komissiyalari: yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi; uchastka saylov komissiyasi aʼzolari orasida vazifalarni taqsimlaydi; komissiyaning ikki aʼzosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov byulletenlarini tayyorlaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)