# Saylov kodeksi — 67-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/67 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat boʻladi. Qonunchilik palatasi deputatlarining: yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha saylanadi; yetmish besh nafari yagona saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya roʻyxati asosida saylanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)