# Saylov kodeksi — 71-modda. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/71 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir. Quyidagilar: sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar; saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari; diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)