SYK · 74-2-modda

74-2-modda. Partiya roʻyxati asosida shakllantirilgan va boʻshab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari oʻrnini toʻldirish

Partiya roʻyxati asosida shakllantirilgan va boʻshab qolgan Qonunchilik palatasi deputatlari oʻrni tegishli siyosiy partiyaning roʻyxatdan oʻtkazilgan partiya roʻyxatidagi mandatga ega boʻlmagan nomzodlari hisobidan toʻldiriladi.

Deputatlik oʻrni boʻshab qolganidan keyin besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya roʻyxatidagi tartib raqami boʻyicha mandat olmagan birinchi nomzodga deputat sifatida roʻyxatga olinishi haqida xabarnoma yuboradi.

Xabarni olgan nomzod ushbu Kodeks 96-1-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajargan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi nomzodni Qonunchilik palatasiga deputat sifatida roʻyxatga oladi hamda besh kun ichida guvohnoma va koʻkrak nishonini beradi.

Agar nomzod deputat boʻlishdan voz kechsa yoki ushbu Kodeks 96-1-moddasining oʻninchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarmasa, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya roʻyxatidagi tartib raqami boʻyicha mandat olmagan keyingi nomzodga xabarnoma yuboradi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartib boʻshab qolgan deputatlik mandati toʻldirilgunga qadar amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.