# Saylov kodeksi — 87-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/SYK/87 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Boʻshab qolgan oʻrinlarga Senat aʼzolari saylovi tegishli qoʻshma majlislarda ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi. Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat aʼzosining oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa Senatning yangi aʼzosi saylovi oʻtkazilmasligi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/SYK)