SYK · 93-1-modda

93-1-modda. Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi

Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida eʼlon qilinadi.

Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan boʻlsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida oʻn besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida oʻttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.