# Uy-joy kodeksi — 104-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzoligidan chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/104 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin: haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa; turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)