# Uy-joy kodeksi — 105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/105 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti boʻlishi mumkin: bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy; ijaraga oluvchi, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi, turar joy mulkdori ulushiga toʻgʻri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, xonaning qismi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)