# Uy-joy kodeksi — 110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/110 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan rasmiylashtiriladi. Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi. Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)