# Uy-joy kodeksi — 111-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisida ariza > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/111 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar. Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi aʼzosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi; soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar boʻyicha qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma; idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda boʻlganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan aʼzolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi; homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi; turar joyini kooperativ aʼzosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; bitta kooperativ aʼzolari oʻrtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi. Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)