# Uy-joy kodeksi — 113-modda. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani ijro etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/113 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Almashtirish boʻyicha olingan turar joyga koʻchib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila aʼzolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilgani toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan hujjatlari koʻrsatiladi. Hujjat (order) qatʼiy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi. Hujjatlarni (orderlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)