# Uy-joy kodeksi — 119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/119 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha koʻchirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qatʼi nazar, darhol boʻshatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni boʻshatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga koʻra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)