# Uy-joy kodeksi — 12-modda. Mulkchilik, egalik qilish munosabatlarining oʻzgarishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/12 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)