# Uy-joy kodeksi — 121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/121 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi: umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda; vasiyat qiluvchi turar joyga boʻlgan xususiy mulk huquqi oʻtadigan merosxoʻr zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)