UJK · 123-modda

123-modda. Vasiyat majburiyati boʻyicha turar joydan foydalanish

Vasiyat qiluvchi turar joy oʻtadigan merosxoʻrga bu turar joy yoki uning muayyan qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.

Turar joyga boʻlgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga oʻtganida ham umrbod foydalanish huquqi oʻz kuchida qoladi.

Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar oʻrtasidagi nizo sud tartibida hal qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.