# Uy-joy kodeksi — 129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/129 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga toʻlanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashni taʼminlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)