UJK · 130-modda

130-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar haqini toʻlash

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylari uchun toʻlanadigan haq ijaraga berish shartnomasi boʻyicha uyga qarash, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun ketadigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Turar joyni ijaraga oluvchi turar joy haqini har oyda yashalgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlashi shart.

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyi uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.