# Uy-joy kodeksi — 15-modda. Turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/15 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yashash uchun yaroqli boʻlgan turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun moʻljallanmagan joyga oʻtkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga koʻra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)