UJK · 22-modda

22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari

Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yoʻllar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega:

yakka tartibda uy-joy qurish;

yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish;

uy-joy obligatsiyalarini olish;

uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish;

oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash;

umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish;

meros olish;

qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish.

Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.