# Uy-joy kodeksi — 22-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarning turar joyni xususiy mulk qilib olishi asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/22 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolar va yuridik shaxslar quyidagi yoʻllar bilan turar joyni xususiy mulk qilib olish huquqiga ega: yakka tartibda uy-joy qurish; yakka tartibda quruvchilarning shirkatlari tomonidan uy-joy qurish; uy-joy obligatsiyalarini olish; uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarida ishtirok etish; oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash; umrbod taʼminlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish; meros olish; qonunda belgilangan tartibda xususiylashtirish. Fuqarolar va yuridik shaxslar turar joylarni qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan ham xususiy mulk qilib olishlari mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)