# Uy-joy kodeksi — 28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/28 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida boʻlgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini oʻzlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va koʻchirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bozor qiymatlari oʻrtasidagi farqlar toʻliq hajmda qoplanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)