# Uy-joy kodeksi — 29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/29 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)