UJK · 40-modda

40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.