# Uy-joy kodeksi — 40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/UJK/40 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/UJK)